“Montaj” filmi Avstriyadagi kinofestivalda ham ishtirok etadi
Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debut start 2021” kinofestivalida gʻolib boʻlgan ssenariy loyihalari asosida suratga olingan “Montaj” qisqa metrajli badiiy filmi Avstriya poytaxti Vena shahrida boʻlib oʻtadigan “Vienna International Film Awards” kinofestivalining final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
Shuningdek, mazkur film Hong Kongda oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi “Global University Film Awards 2022” festivalining kengaytirilgan roʻyxatidan joy oldi.
“Montaj” filmi avvalroq “Moskva premyerasi” xalqaro kinofestivali hamda Marokashda oʻtkaziladigan VII “Tetauon” xalqaro film maktablari kinofestivali final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgani haqida ham xabar bergan edik.
Kinokartina haqida qisqacha: Film oilaning muqaddas ekanligi haqida. Kimki uni qadrlamasa, oxir-oqibat yoʻqotadi. Filmda bir-birini tushuna olmagan va hozir alohida yashayotgan oila aʼzolarining hayoti haqida ham hikoya qilinadi. Oilaning barcha aʼzolari ham mukammal emas. Taqdir gʻildiragi ularni turli manzillarga sochib yuborgan boʻlsa-da, ular oilaviy uchrashuvni kutishadi va xohlashadi. Filmda fotograf Islomning buzilgan oilani tiklashga urinishi aks etgan. Islom hayotdan haqiqiy sanʼat asarini izlaydi - binolardan, tabiatdan va turli narsalardan. Lekin uni topa olmaydi va u har bir qarindoshining oldiga borib, ularni suratga oladi. Shundan soʻng, u dunyodagi eng goʻzal sanʼat bu oila ekanligini tushunadi.
Film ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissyor Dilshodbek Usmonov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, postanovkachi rassom Rustam Shoyanov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar Toʻychi Ahmedov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring