Miya faoliyati uchun eng zararli taomlar roʻyxati eʼlon qilindi
Illyustrativ foto
Virjiniya Texnologiya universiteti olimlari olib borgan tadqiqot natijalariga koʻra, ultraishlangan (qayta ishlangan goʻsht mahsulotlari — masalan, sosiska, kolbasa, gamburger goʻshti va h.k.) goʻsht mahsulotlari va shirin gazlangan ichimliklar miya faoliyati uchun eng xavfli oziq-ovqat turlaridan hisoblanadi.
Tadqiqotda qatnashganlar orasida shunday mahsulotlarni har kuni isteʼmol qilganlar kognitiv buzilishlar va demensiya, jumladan Alsgeymer kasalligiga chalinish xavfi yuqori boʻlgani aniqlangan.
Mutaxassislar Michigan universiteti maʼlumotlariga tayanib, 55 yosh va undan katta 4750 nafar amerikalikning sogʻligʻini yetti yil davomida kuzatgan. 2014-yildan 2020-yilgacha har ikki yilda ularning miya faoliyati va xotira qobiliyati baholangan.
Natijada, ultraishlangan goʻsht mahsulotlarini har kuni bir porsiyaga koʻp isteʼmol qilganlar miya faoliyatida 17 foiz yomonlashuv xavfiga, shirin gazlangan ichimliklarni koʻp ichganlar esa 6 foiz yuqori xavf darajasiga ega ekani maʼlum boʻldi.
Qiziq jihati shundaki, umumiy tarzda UPP (ultraishlangan mahsulotlar) miqdori bilan miya faoliyati buzilishi oʻrtasida aniq bogʻliqlik topilmagan. Ammo, ayniqsa goʻshtli taomlar va gazlangan ichimliklar kombinatsiyasi miyaga “ikki hissa zarar” yetkazishi qayd qilingan.
Olimalardan biri, professor Brenda Devi taʼkidlashicha, insonlar miya sogʻligini asrash uchun ovqatlanish odatini qayta koʻrib chiqishi kerak:
“Bu — oziq-ovqat tanlovida moʻtadillik va muvozanatni saqlash haqida. Har bir inson buni oʻz qoʻli bilan oʻzgartira oladi,” deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring