Minskda “Belarus—Oʻzbekiston” doʻstlik jamiyati tashkil etildi

17:06 08 Dekabr 2023 Jamiyat
325 0

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Belarus Xorijiy davlatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati tarkibida “Belarus—Oʻzbekiston” doʻstlik jamiyati tashkil etildi.

Doʻstlik uyida boʻlib oʻtgan taʼsis yigʻilishida Belarus va Oʻzbekiston oʻrtasida oʻrnatilgan doʻstona hamda ishonchli munosabatlar muhimligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, aloqalar koʻp yoʻnalishlarda rivojlanmoqda. Xalq diplomatiyasi davlatlararo munosabatlarni toʻldiruvchi va davom ettiruvchisi hisoblanadi.

Yigʻilishda Belarus Xorijiy davlatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati raisi Nina Ivanova ushbu jamiyatning tashkil etilishi Oʻzbekiston madaniyati, tarixi va anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradigan keng koʻlamli tadbirlarni amalga oshirish imkonini berishini taʼkidladi.

“Belarus—Oʻzbekiston” jamiyati boshqaruvi tarkibiga turli soha vakillari kiritilgani Belarus—Oʻzbekiston munosabatlarining faol rivojlanishini nazarda tutadi.

“Belarus Oʻzbekistonning dunyo mamlakatlari bilan aloqalarida alohida oʻrin tutadi. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi masofa jugʻrofiy jihatdan uzoq boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Ikki doʻst mamlakat xalqlarini juda yaqin va umumiy jihatlar bogʻlab turadi”, — dedi yigʻilishda Oʻzbekistonning muvaqqat ishlar vakili Rahmatulla Nazarov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер