Milliy Gvardiya xodimi “Boʻzsuv” kanalida choʻkayotgan qizni qutqarib qoldi (+video)

12:56 07 Oktyabr 2025 Jamiyat
128 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 18 yoshli qiz “Boʻzsuv” kanaliga oʻzini tashlagani toʻgʻrisida videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiyaning Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi munosabat bildirdi.

Xabarda aytilishicha, holat bugun, 7-oktyabr kuni tungi soat 00.05 da Yunusobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Boʻzsuv” kanalida sodir boʻlgan.

Choʻkayotgan fuqaro ushbu hududda xizmat olib borayotgan gvardiyachilar tomonidan qutqarib olingan. Hodisa joyida tibbiy yordam kelgunga qadar gvardiyachilar jabrlanuvchini suvdan chiqarib olib, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatgan.

Maʼlum boʻlishicha, olib borilgan dastlabki oʻrganishlar natijasida ushbu fuqaro Toshkent shahrida yashovchi fuqaro K.K. ekanligi aniqlangan. Hozirgi paytda ushbu fuqaro shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер