Mehnat va ragʻbat, eʼtibor va eʼtirof

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmonlariga muvofiq, Toshkent viloyatidan ham fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va sanʼat, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari hamda davlat xizmatchilaridan bir guruhi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlagan edi.
Toshkent viloyati hokimligi boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda ushbu mukofotlar oʻz egalariga topshirildi. Tadbirni Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev ochib berdi va mukofotlanganlarni samimiy tabrikladi.
— Keyingi yillarda barcha sohalar qatori qalam ahliga ham alohida eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatilmoqda. Bu zamondosh ijodkorlarni ruhlantiradi. Biz oʻz asarlarimizda yangilanayotgan yurtimizning yangilanayotgan odamlarining dunyoqarashida, koʻngillarida yuz ochayotgan yangi tuygʻularini badiiy ifoda etishga harakat qilib kelyapmiz. Ushbu eʼtirof esa bizga yangi kuch, yangi gʻayrat, yangi ilhom bagʻishlaydi, — deydi II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Gulandom Togʻayeva.
Tantanali tadbirda soʻzga chiqqan mukofotlanganlar eʼtibor va eʼtirof uchun minnatdorlik bildirib, xalq va Prezident ishonchini yuksak qadrlashi, bu ragʻbat yanada masʼuliyat bilan mehnat qilish va yangi marralar sari ruhlantirishini taʼkidladilar.
Otabek ISROILOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring