Mediahaftalik karvoni Xorazmda
Mamlakatimiz hududlari boʻylab oʻtayotgan mediahaftalik joriy haftada Xorazm viloyatining media sohasi vakillarini qamrab oldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil qilingan ushbu tadbirda mahalliy hokimiyat va davlat organlarining axborot xizmati xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, mobilograflar, SMM mutaxassislari, vaynerlar, kontent yaratuvchilar faol ishtirok etishdi.
Urganch shahridagi Yoshlar markazi zallari oddiy trening joyi yemas, balki fikrlar toʻqnashgan, gʻoyalar tugʻilgan va kontent real vaqtda yaratilgan jonli maydonga aylandi. Kimdir birinchi marta kamerani qoʻlga oldi, kimdir oʻz kontentiga boshqacha koʻz bilan qarashni oʻrgandi, yana kimdir yesa auditoriya bilan gaplashish uslubini butunlay oʻzgartirdi.
— Mediahaftalik davomida zamonaviy mediamakonda sifatli kontent yaratishning yangi uslublarini oʻrgandik, kasbiy bilim va malakamizni oshirdik, — deydi Bogʻot tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Mirjalol Baxtiyorov. — Oʻquv seminarlarida media muhitda qanday fikrlash va qanday ishlash kerakligini, kontent yaratishning masʼuliyatini his qildik.
Mediahaftalikning yakuniy anjumani Maʼmun universiteti binosida oʻtkazildi. Ming nafarga yaqin ishtirokchilarni bir davraga jamlagan ushbu yirik medialoyihada Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori Qobiljon Ahmedov, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov soʻzga chiqib, milliy mediamakondagi oʻzgarishlar, yurtimizdagi bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarini, islohotlar jarayonini ifoda etgan kontentlar yaratish, axborot xavfsizligi va soha rivoji bilan bogʻliq masalalar yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirdilar.
— Mediahaftalik nafaqat nazariy bilimlarni oshirish, balki amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash, sohadagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va yangi yechimlar ishlab chiqish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qildi, — deydi Xorazm teleradiokanali tasvirchisi Jasurbek Mirzayev . — Unda zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellekt vositalarini oʻzlashtirishga alohida eʼtibor qaratilgani ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Mediahaftalik yakunida oʻquv mashgʻulotlarida qatnashgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Kelasi haftada mediahaftalik mayogʻi Surxondaryo viloyatiga yoʻl oladi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring