“Matbuot” doʻkonida endi koʻylak sotiladimi?
Suyundik MAMIROV/“Xalq soʻzi”. Poytaxtimizdagi chekka koʻchalardan birida gʻalati manzaraga koʻzim tushib qoldi: peshtoqiga “Matbuot” deb katta-katta harflar bilan yozilgan doʻkon oldiga ayollar koʻylagi qatorlashtirib ilib qoʻyilibdi. Ichida gazeta-jurnaldan nom-nishon yoʻq. Nahotki “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi bunday doʻkonlarni trikotaj buyumlarini tikib sotayotgan tadbirkorlarga ijaraga bera boshlagan boʻlsa?
Uzoq oʻtmishdagina emas, bundan 5-6-yil avval ham ertalab “Matbuot” doʻkonidan gazeta sotib olish uchun odamlar turnaqator boʻlib navbatda turgani hamon yodimizda. Ular goʻyoki issiq non xarid qilayotganga oʻxshardi va gazeta-jurnaldan maʼnaviy ozuqa olishardi.
Xoʻsh, keyin nima boʻldi? “Odamlarda gazeta-jurnal oʻqishga qiziqish kamaydi” qabilidagi bahona-yu sabab bilan “Matbuot” doʻkonlarida sotiladigan mayda-chuyda mahsulotlarning turi koʻpayib boraverdi. Buning natijasida nafaqat bosma nashrlar, balki bunday shoxobchalarning oʻziga ham chetga surib chiqarildi.
Bugun shahar va tumanlarni qoʻya turaylik, hatto poytaxt koʻchalarida “Matbuot” doʻkonini uchratish amrimahol boʻlib qoldi. Davriy bosma nashrlarning jamiyat hayotidagi muhim ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda “Matbuot” doʻkonlarini koʻpaytirish zarur. Bu garchi moddiy daromad keltirmasa ham…
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring