Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan mintaqa mamlakatlari va Ozarbayjon Prezidentlari Oʻzbekiston Prezidenti bilan birgalikda Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan markaz islom sivilizatsiyasining bebaho merosini asrab-avaylash va targʻib qilishga bagʻishlangan noyob manbalar, ilmiy tadqiqot va taʼlim yoʻnalishlarini bir joyga jamlagan tariximizdagi ilk majmua boʻldi.
Majmua milliy meʼmoriy anʼanalar va zamonaviy bezaklar uygʻunligida barpo etildi. Inshootning toʻrt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, oʻrta qismida esa 65 metrli milliy uslubdagi gumbaz qad rostlagan.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Prezidenti Emomali Rahmon, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida musulmon olamining bebaho maʼnaviy durdonasi sanalgan Usmon Musʼhafi saqlanayotgan Qurʼoni karim zaliga tashrif buyurdilar. Qurʼonning eng qadimiy qoʻlyozmalaridan biri boʻlgan ushbu nodir manba ulkan tarixiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlib, mintaqamiz xalqlarining sivilizatsiyaviy oʻziga xosligini shakllantirgan chambarchas maʼnaviy rishtalarimizni ifoda etadi.
Yetakchilar, shuningdek, “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans” hamda “Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans” boʻlimlari bilan tanishdilar.
Ularda buyuk allomalarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband va boshqa ulugʻ ulamolarning boy ilmiy va maʼnaviy merosi keng yoritilgan. Koʻrgazmada somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, temuriylar va boshqa sulolalar davriga oid qoʻlyozma nashrlar va ularning qadimgi oʻzbek tiliga tarjimalari ham mavjud.
Yetakchilar mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, maʼnaviy-maʼrifiy loyihalarni ilgari surish va umumiy gumanitar qadriyatlarni rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar.
Mintaqaning boy umumiy merosini saqlash va targʻib qilish borasidagi Oʻzbekistonning keng koʻlamli saʼy-harakatlariga yuqori baho berildi. Majmua zamonaviy tadqiqot markazi boʻlib xizmat qilishiga, mintaqa mamlakatlari oʻrtasida ilmiy, taʼlim va madaniy hamkorlik uchun yangi ufqlar ochishiga ishonch bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring