Markaziy bank asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirdi
2025-yil 23-yanvarda Markaziy bank boshqaruvi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu qaror inflyatsion kutilmalar va iqtisodiyotdagi barqarorlikni taʼminlash uchun qabul qilingan.
2024-yil oktyabridan boshlab umumiy inflyatsiya pasayish davriga oʻtgan boʻlib, dekabr oyida yillik 9,8 foizni tashkil etdi. Bu holat narxlar barqarorlashuvining mustahkamlanayotganligini koʻrsatadi.
Shuningdek, 2024-yil yakunida isteʼmol savatidagi tovar va xizmatlarning aksar qismida narxlar oʻsishi sekinlashgani qayd etildi. Dekabr oyida bazaviy inflyatsiya biroz oshib, 7,2 foizga yetdi. Bu holat xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talabning ortishi bilan bogʻliq ekanligi qayd etildi.
Noyabr-dekabr oylarida mavsumiy taklif omillari taʼsirida inflyatsion kutilmalar oʻsgan boʻlsa-da, kelgusida ushbu taʼsirlarning pasayishi kutilmoqda. Yangilangan prognozlarga koʻra, 2025-yil yakuniga qadar umumiy inflyatsiya darajasi 7-8 foiz atrofida shakllanishi taxmin qilinyapti. Shunga qoʻshimcha ravishda, yalpi ichki mahsulot oʻsishi 6 foiz atrofida boʻlishi kutiladi, bunda xususiy investitsiyalar iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlovchi muhim omil sifatida baholanmoqda.
Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2025-yil 13-mart kuniga belgilangan. Ushbu yigʻilishda inflyatsiya va iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish asosida yangi qarorlar qabul qilinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring