“Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot tadbirlari davom etadi

Joriy yilning 3-15-dekabr kunlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtadi.
Koʻzlangan maqsad:
— Davlatimiz rahbarining joriy yil 18-20-noyabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqishga bagʻishlangan majlisidagi nutqi mazmun-mohiyatini ziyolilar ishtirokida keng ommaga yetkazish;
— Yangi Oʻzbekistonning bugungi va ertangi taraqqiyotini barpo etish, yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilgan ishlar, oldimizda turgan muhim vazifa va maqsadlar, keng qamrovli islohotlar xususida toʻliq maʼlumot berish va ziyolilar oʻrtasida keng targʻib etish;
— Aholi, xususan yoshlarga “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
— Buyuk ajdodlar merosini asrab-avaylash, oʻrganish va ommalashtirish, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglikni taʼminlash, yurtdoshlarimizning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻularini mustahkamlash;
Ziyolilar – har bir mamlakatning harakatlantiruvchi kuchidir. Yurt yetakchisi taʼkidlaganidek: “Ilgʻor yoshlarga, jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi.” Shu jihatdan “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarining oʻziga xos jihati shundaki, hududlardagi olimlar, ziyolilar, sanʼat va madaniyat namoyondalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼullar, mahalla faollari hamda ilgʻor yoshlarning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, mamlakatimizning milliy-mafkura yoʻnalishidagi islohotlari, jamiyatni, ayniqsa yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilishda ziyolilarni faollikka undash, ular uchun muloqot platformasini yaratishdan iborat.
Aynan ziyolilarni mazkur ishga keng jalb qilish orqali, xalqimiz orasida oʻzlikni anglash va tarixiy ildizimizga oid bilimlarni oshirish maqsad qilingan.
“Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida:
— “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari” mavzusida ziyolilar forumi
— “Yangi Oʻzbekiston – islohotlar falsafasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari
— “Zamonaviy yoshlar – taraqqiyot drayveri” mavzusida ilm-fan va innovatsiyalarga bagʻishlangan mahorat darslari tashkil etiladi.
Bundan tashqari “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda xorijdagi vatandoshlarimiz ishtirokida qator madaniy-maʼrifiy loyihalar amalga oshiriladi.
Taʼkidlash kerakki, mazkur tadbirlar ishtirok etadi.
Mazkur keng qamrovli tadbirlar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining jamiyatimizdagi oʻrnini ilmiy asosda ochib berish, Ilm-fan, maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning ilmiy tahlili va bu jarayonda ziyolilarning rolini yanada oshirish, kreativ iqtisodiyot, innovatsion gʻoyalar tarmogʻini rivojlantirish hamda “Mahalla yettiligi” faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring