Margʻilonda milliy liboslar koʻrgazmasi tashkil etildi
Foto: «Xalq soʻzi»
Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida joylashgan “Oltin ipak karvonsaroyi” turistik markazida “Milliy liboslarimiz qadriyatimiz bezagi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirda xalqimizga xos qadri abad qadriyatlar namoyon etildi.
Maʼlumki, ipakchilar shahri Margʻilonda azaldan milliy hunarmandchilik, madaniyat va sanʼat yaxshi rivojlangan. Koʻhna kentda hunarmandchilik, xususan, atlas va adras, kashtachilik, chevarchilik kabi asl qadriyatlar rivojlanishining oʻziga xos tarixi bor. Tadbir doirasida boʻlib oʻtgan samimiy muloqotda bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtildi. Margʻilonning mashhur hunarmandlari, ibratli oilalari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida Margʻilonning kamalak ranglarda tovlanuvchi milliy matolaridan yaratilgan liboslar koʻrgazmasi oʻtkazildi.
Oʻz navbatida shu kuni ishsiz va “Ayollar daftari”da turgan oila bekalariga shahardagi tadbirkorlik subyektlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari tanishtirilib, 11 nafar xotin-qizlarga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.
Shu kuni Margʻilon shahar Madaniyat markazida shahar ahli uchun konsert dasturi ham namoyish etildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring