Maqsad Asad rejimini agʻdarish – muxolifat yetakchisi

18:09 06 Dekabr 2024 Dunyo
393 0

Foto: CNN

Mamlakat qurolli muxolifatini boshqarayotgan “Hayat Tahrir Al-Sham” guruhi rahbari Abu Muhammad Al-Jolaniyning soʻzlariga koʻra, Suriya isyonchilar koalitsiyasining maqsadi bu hafta yana bir yirik shaharni hukumat nazoratidan tortib olish va oxir-oqibat avtoritar prezident Bashar Al-Asadni agʻdarishdir.

Al-Jolaniy “CNN” telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida Al-Qoidaning sobiq boʻlimidan tashkil topgan “Hayat Tahrir Al-Sham”ning ambitsiyalari Asad rejimiga barham berishdan boshqa narsa emasligiga shubha qoldirmagan. U, shuingdek, institutlar va xalq tomonidan tanlangan kengash asosida hukumat yaratish rejalari haqida gapirgan.

Ushbu harakatlardan soʻng isyonchi muxoliflar Hama shahrini qoʻlga kiritishdan oldin mamlakatning ikkinchi yirik shahri Alepponi nazorat ostiga oldi. Bu hujum Asad va uning Eron hamda Rossiyadagi qoʻllab-quvvatlovchilariga katta zarba boʻldi. Shu bilan birga yillar davomida toʻxtab qolgan fuqarolar urushi qaytadan boshlandi.

Al-Jolaniy xorijiy kuchlarning Suriyani tark etish istagini bildirdi. Hozirda mamlakatda AQSH, Turkiya, Rossiya va Eron kuchlari hamda Eronning ishonchli vakillari bor.

“Oʻylaymanki, bu rejim qulagandan soʻng masala hal boʻladi va boshqa xorijiy kuchlarning Suriyada qolishiga ehtiyoj qolmaydi”, — deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер