“Manchester Siti” Uelsga boradi, “Liverpul” Angliya kubogining amaldagi chempioni bilan oʻynaydi

16–24-sentyabr kunlari Angliya Liga kubogi musobaqasining 3-bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kecha musobaqaning nim chorak final bosqichiga qurʼa tashlandi.
Qurʼa natijasiga koʻra, oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov toʻp surayotgan “Manchester Siti” klubi Uelsda “Suonsi” jamoasi bilan oʻynaydigan boʻldi.
APL chempioni “Liverpul” esa Angliya kubogi va Superkubogi sohibi “Kristal Pelas” jamoasini qabul qiladi.
Quyida qurʼa natijalari bilan toʻliq tanishishingiz mumkin:
“Arsenal” — “Brayton”;
“Grimsbi Taun” — “Brentford”;
“Suonsi Siti” — “Manchester Siti”;
“Nyukasl Yunayted” — “Tottenhem”;
“Reksem” — “Kardiff Siti”;
“Liverpul” — “Kristal Pelas”;
“Vulverxempton” — “Chelsi”;
“Uikom Uonderers” — “Fulhem”.
Maʼlumot uchun, Angliya liga kubogining nim chorak final oʻyinlari 2025-yilning 29-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring