“Manchester Siti” oʻz maydonida London klubiga yutqazdi
Kecha Angliya Premyer ligasi 2-turi doirasida “Manchester Siti” jamoasi “Etihad” stadionida Londonning “Tottenhem” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv mehmonlarning 0:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gallarga Joau Palhinya va Brennan Jonson mualliflik qildi.
Oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov uchrashuv qaydnomasiga kiritildi, ammo zaxiradan maydonga tushirilmadi. Uning pozitsiyasida oʻynagan Ruben Diash va Jon Stounsga esa oʻyindagi harakatlari uchun eng past baho qoʻyildi.
Maʼlumot uchun, “Manchester Siti” APLdagi keyingi oʻyinini 31-avgust kuni “Brayton” jamoasi maydonida oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring