“Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistonda faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida qayd etildi.
Yigʻilishda maʼlum qilinishicha, bugungi kunda mamlakatimizda tayyor kiyim kechak, charm-attorlik mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqaradigan 4 mingdan ziyod korxona bor.
Lekin ularni aholiga tanitib, keng tanlov imkonini beradigan, milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi. Bu yerdagi savdo doʻkonlari tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi.
Ishchilarining 15 foizi ehtiyojmand oiladan boʻlgan toʻqimachilik va charm-poyabzal korxonalariga foyda soligʻi 2 foiz, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilangan.
Endilikda toʻqimachilik va charm korxonalariga ehtiyojmand odamlarni ishga olish boʻyicha 15 foizli meʼyor 2 barobar kamaytiriladi. Bundan buyon imtiyoz olish uchun korxonada ehtiyojmand odamlar bilan birga nogironligi bor ishchilar ham hisobga olinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring