Mali nima uchun Ukraina bilan aloqalarni uzdi?
Mali Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzayotganini eʼlon qildi. Boisi mamlakat shimolida malilik askarlar va rossiyalik yollanma jangchilar oʻlimiga olib kelgan harbiy harakatlarda Ukraina bosh rolda ekanligi aytilmoqda.
Tuareg isyonchilari Gʻarbiy Afrika mamlakatining shimolida oʻtgan uch kunlik janglarda “Vagner”ning kamida 84 yollanma jangchisi va 47 malilik askar oʻldirilganini maʼlum qilishdi. Bu “Vagner”ning ikki yil avval ushbu mamlakatdagi mojaroga aralashganidan buyon oʻtgan ikki yil ichidagi eng katta yoʻqotishi.
Ukraina razvedkasi vakili Andrey Yusov aytishicha, malilik isyonchilar oʻzlariga zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni olgan, bu esa Rossiya urushiga qarshi operatsiya oʻtkazishga imkon bergan.
Mali tomoniga koʻra, Ukrainaning harakatlari Mali suverenitetini buzdi va bu bilan qabul qilib boʻlmaydigan aralashuv, xalqaro terrorizmni qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirdi.
25-iyul kuni Jazoir chegarasi yaqinida Tinzauatendagi harbiy lagerda uch kunlik shiddatli janglar boshlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring