Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Sherzod Karimov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30-oktyabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkiliy masalaga doir yigʻilish boʻlib oʻtgan. Unda Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etgan.

Yigʻilishda Prezidentning tegishli qarori bilan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani maʼlum qilingan.
Sherzod Karimov hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
U uzoq yillar davomida taʼlim tizimida, xususan, 2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ijtimoiy yoʻnalishlariga doir qator masʼul lavozimlarda ishlagan.
Yigʻilish soʻnggida vazirlik jamoasi Karimovga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring