Makron: Fransiya Gʻazodagi voqealarni genotsid deb hisoblamaydi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroilning Gʻazodagi harbiy harakatlarini mamlakat hukumati genotsid sifatida baholamasligini maʼlum qildi. Uning soʻzlarini TASS keltirdi.
— Yoʻq, biz bu voqealarni genotsid sifatida tasniflamaymiz. Chunki bu shunchaki siyosiy bayonot emas. Biror hodisani genotsid deb tan olish uchun sudyalar yoki tarixchilar qatʼiy huquqiy asos va aniq dalillar asosida qaror chiqargan boʻlishi kerak, — dedi Makron.
Fransiya prezidentidan BMTning ilgari eʼlon qilingan, Isroilni genotsidga undashda ayblovchi hisobotini rad etadimi, deb soʻrashdi.
— Yoʻq, men bu hisobotni rad etmayman. Gap shundaki, bu masala siyosiy bahsga aylanmasligi kerak. Hozir sodir boʻlayotgani — katta miqdordagi tinch aholini oʻldirish, odamlarni majburan koʻchirishga qaratilgan loyiha. Menimcha, bu juda katta xato, — deya javob berdi u.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi tuzgan mustaqil xalqaro komissiya Isroil mudofaa kuchlarining (SAXAL) Gʻazodagi harakatlarini genotsid deb eʼlon qilgan edi.
Isroil tashqi ishlar vazirligi esa ushbu hisobotni “soxta” deb atab, komissiyani tarqatib yuborishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring