Mahalliylashtirish samarasi
Urganch shahridagi “UzXCMG” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasida bugungi kunda gʻildirakli va zanjirli ekskavatorlar, greyderlar va boshqa 50 xil turdagi qudratli texnika vositalari ishlab chiqarilmoqda. Ilgari mamlakatimizda qurilish va suv xoʻjaligi tizimlari uchun oʻta zarur boʻlgan bunday texnika vositalari Xitoydan valyuta evaziga keltirilar, ehtiyot qismlar taʼminoti va servis xizmati koʻrsatishda muayyan qiyinchiliklar mavjud edi. Korxonada ishlab chiqarish hajmining oshirilishi bunday muammolarga yechim topish barobarida, hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini oʻz vaqtida samarali amalga oshirish imkonini bermoqda.

-Korxonamizda shu kungacha 1970 dona maxsus texnika, jumladan, ekskavatorlar, buldozerlar, asfalt zichlovchi katoklar, yuk ortgichlar, avtogreyder, yoʻl frezasi ishlab chiqarildi, — deydi korxona bosh muhandisi Umid Ismoilov. — Barcha texnikalar xalqaro standartlarga toʻla javob beradi. Xitoyning XCMG korporatsiyasidan yangi yigʻuv liniyasi va uskunalarini olib kelib oʻrnatilishi natijasida korxonada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 50 foizdan oshdi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan texnika vositalarining tannarxi pasayishiga, raqobatbardoshligini taʼminlashga, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish, importni kamaytirish orqali valyuta resurslarini tejashga imkon bermoqda.

Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan ushbu korxona mahsulotlariga nafaqat ichki bozorda, balki qoʻshni mamlakatlarda ham talab katta. Shu bois yana yangi turdagi texnika vositalari ishlab chiqarish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari koʻrilyapti.
Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring