Mahalliy Kengashlar oʻrtasida tajriba almashishga bagʻishlangan uchrashuvlar oʻtkazildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputatlari va mahalliy Kengashlar kotibiyatlari mudirlaridan iborat delegatsiya xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv mahalliy Kengashlar hamkorligini kuchaytirish va oʻzaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Tashrif davomida delegatsiya Qiziltepa, Karmana va Nurota tumanlari hamda Navoiy viloyati Kengashlari faoliyati bilan tanishdi. Shu bilan birga, “mahalla yettiligi” bilan ish tajribasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, deputatlarning saylovchilar bilan muloqot olib borish usullari oʻrganildi.
Shuningdek, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi va “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”dagi imkoniyatlar, yangi loyihalar hamda bitiruvchilar bandligi masalalari koʻrib chiqildi. Delegatsiya aʼzolari tadbirkor-deputat A. Saksanov tashabbusi bilan qurilgan zamonaviy 22-sonli maktab faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Navoiy shahrida xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2025-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring