Mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

00:49 14 May 2025 Jamiyat
173 0

Mamlakatimizda 2021-yil 1-iyundan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalash yo‘lga qo‘yilgan. Vazirlar Mahkamasining shu yil 7-maydagi “Mintaqaviy aviatashuvlarni va ichki turizmni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi barcha rezident aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi va bu 2026-yil 1-yanvargacha davom etadi.

Qarorga ko‘ra, aviachiptalar narxlari hamda subsidiyalanadigan aviaqatnov yo‘nalishlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tarkibi qayta tasdiqlandi. 

Mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga “Uzbekistan Airways” AJ uchun belgilangan maxsus tariflar va subsidiya miqdorlari barcha rezident aviakompaniyalarga tatbiq etishga rozilik berildi.

Shu munosabat bilan barcha rezident aviakompaniyalar maxsus komissiya tomonidan belgilangan mahalliy yo‘nalishlar va tariflar doirasida aviachipta sotishni yo‘lga qo‘yadi hamda har oy yakuni bo‘yicha 2021-yil 14-oktyabrdagi 188-son buyruq bilan tasdiqlangan jadval shaklida Transport vazirligiga subsidiyalash uchun arizalar kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер