Mahalladoshlar xayrli ishlar tashabbuskori

11:35 07 Oktyabr 2025 Jamiyat
156 0

Beshariq tumani markazidan 10 km olisda joylashgan “Abdurazzoq ota” mahalla fuqarolar yigʻini chekka hudud boʻlishiga qaramay, mahalla ahlining tashabbuskorligi tufayli soʻnggi yillarda hayotbaxsh islohotlar samarasi bu maskanda ham yaqqol aks etmoqda.

Davlat-xususiy sherikchilik asosida “mahalla yettiligi” uchun barcha zamonaviy sharoitlarga ega yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Endilikda bu binoda murojaatlar, bandlik va ijtimoiy yordam masalalari bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy va profilaktik uchrashuvlar oʻtkazib borish uchun barcha qulaylik yaratildi.

Ayni kunlarda mahalla ahlining yana bir xayrli taklifi bilan “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida hududdagi 11-oilaviy poliklinika yangi binoda ish boshladi. Buning uchun byudjetdan 1,5 milliard soʻm mablagʻ jalb etilib, shifo maskani eng soʻngi rusumdagi fizioterapiya va UZI jihozlari bilan taʼminlandi. Shuningdek, 10 oʻrinli kunduzgi statsionar hamda shifokorlar koʻrigi uchun alohida xonalar tashkil etildi.

— Mahallamizda qariyb 1150 nafar yangi avlod vakillari istiqomat qiladi, — deydi “Abdurazzoq ota” MFY yoshlar yetakchisi Muhriddin Nabiyev. — Ahil-inoqligimiz samarasi sifatida mahallada “Yoshlar daftari” roʻyxatida turgan yigit-qizlar qolmadi. Birgina shu yilning oʻtgan davrida 10 nafarga yaqin ishsiz tengdoshlarimiz yuqori daromadli ish oʻrniga ega boʻldi. “Kambagʻal oilalar reyestri”da turgan 3 nafar oliy taʼlimda oʻqiyotgan talabaning kontrakt toʻlovi toʻlab berildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 1 nafar tengdoshimizga imtiyozli kredit ajratildi.

Aytish joiz, bugungi kunda mahalladagi mingdan ortiq oilada 5118 nafar aholi istiqomat qiladi. Dehqonchilik, bogʻdorchilik va xizmat koʻrsatish sohasi mahalla drayveri sifatida belgilangan.

Botir MADIYOROV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер