Luka Modrich oʻziga klub topdi

12:29 04 Iyun 2025 Sport
162 0

“Real Madrid” bilan shartnomasini yakunlagan xorvatiyalik yulduz Luka Modrich “Milan”ga erkin agent sifatida oʻtishi mumkin. Italiya matbuotining xabar berishicha, Modrich bilan muzokaralar tez surʼatda davom etmoqda. Di Marzio maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi soatlarda futbolchi klubga ijobiy javob bergan.

“Goal”ning yozishicha, “Milan” Modrich bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan va endilikda faqat rasmiylashtirish qolgan. Bu ham tez orada sodir boʻlishi kutilmoqda. 38 yoshli yarim himoyachi oʻz faoliyatini “Real”da 13-yil davomida olib bordi va bu vaqt mobaynida 28 ta yirik sovrinni qoʻlga kiritdi. Endi esa u bolalik orzusi boʻlgan “Milan” klubida toʻp surish arafasida turibdi.

Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, Modrich “Milan”ga erkin agent sifatida qoʻshiladi. Klub rahbariyati bu transferni tajribali “Oltin toʻp” sohibining jamoaga qoʻshilishini ijobiy baholamoqda. Bu ayniqsa Tidjani Reyndersning ehtimoliy transferi yuz bersa, tarkibda muvozanatni saqlab qolish nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi.

Modrichning “Milan”ga oʻtishi nafaqat klub, balki futbolchi uchun ham tarixiy ahamiyatga ega. U bolaligidan ushbu klubning ashaddiy muxlisi boʻlib kelgan va endi nihoyat orzusidagi jamoada toʻp surish imkoniga ega boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер