Liz Trass Gʻarb Xitoy bilan yangi sovuq urushga kirishganini maʼlum qildi

Foto: Reuters
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Liz Trass Tayvanga tashrifi chogʻida Gʻarb Xitoy bilan yangi sovuq urushga kirishganini aytib oʻtdi.
"Xitoy oʻz harbiy-dengiz flotini dahshatli surʼatda qurmoqda va tinchlik davrida eng katta harbiy qurilishni amalga oshirmoqda", deydi sobiq bosh vazir.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Pekin erkin dunyoning tanazzulga uchrashini xohlaydigan boshqa davlatlar bilan allaqachon ittifoq tuzgan.
Trass, shuningdek, uning vorisi, hozirgi Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunakning Xitoyni "uzoq muddatda Buyuk Britaniya uchun eng katta tahdid" degan gapiga qoʻshilishini bildirdi.
Avvalroq, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Xitoyga qarshi ehtimoliy sovuq urush eʼlon qilinishini xato, deb atagan edi.
Uning fikricha, bu harakatlar Buyuk Britaniyaning milliy manfaatlariga xiyonat qilish va zamonaviy dunyo tartibini tushunishdan bosh tortish boʻladi. Uning taʼkidlashicha, global miqyosdagi barcha muammolarni faqat Xitoy ishtirokida hal qilish mumkin.
Liz Trass oʻz vazifalarini bajara olmasligini tan olib, 2022-yil 20-oktyabrda isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgandi. Shu tariqa u eng kam muddat (45 kun) Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan siyosatchi sifatida tarixga kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring