Legionerlarimizda nima gap? Shomurodov gol urdi, Husanovda jarohat, Hamrobekov esa zaxirada qoldi

Kecha, 21-sentyabr kuni turli mamlakatlar oliy ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolarining kechagi oʻyinlari haqida batafsil toʻxtalamiz.
Eldor Shomurodov gol urdi
Turkiya chempionatining 6-turidan oʻrin olgan bahsda Istanbulning “Bashakshehir” klubi oʻz maydonida Alanya shahrining “Alanyaspor” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 1:1 hisobigagi durang natijasi bilan yakunlandi. Ahamiyatlisi, oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuvda jamoasi kiritgan yagona golga mualliflik qildi.
Eldor kecha maydonda toʻliq harakat qildi. Umumiy oʻyin davomida 30-marta toʻpga tegindi. Uzatmalarining 70 foizi aniq chiqdi. 9-marta toʻp uchun kurashda ishtirok etdi va ushbu kurashlarning 3 tasida gʻalaba qozondi. “Sofascore” portali Shomurodovning kechagi harakatlarini 7,4 ballga baholadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Abbosbek Fayzullayev uchrashuvning 62-daqiqasida maydonga tushdi. 30 daqiqadan ortiq maydonda harakat qilgan Fayzullayev 20-marta toʻpga tegindi. Umumiy hisobda 14 ta uzatma amalga oshirdi. Ularning 13 tasi oʻz manziliga aniq yetib bordi.
3-marta toʻp uchun kurashda qatnashgan futbolchi ulardan 1 tasida gʻalaba qozondi. Futbolchining ushbu oʻyindagi harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,4 ballga baholandi.
Markaziy oʻyinda durang natija, Husanovda jarohat bor
Angliya Premyer-ligasining 5-turi markaziy oʻyinida “Arsenal” klubi oʻz maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand oʻyinda hisobni ochdi. Ikkinchi taymga hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda “Arsenal” futbolchisi Gabriel Martinelli hisobni tenglashtirdi. Bahs aynan ushbu natija bilan yakunlandi.
Oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi boʻlim boshida kichik jarohati sabab Mateus Nunesga almashtirildi.
Maydonda harakat qilgan daqiqalari mobaynida Husanov 29-marta toʻpga tegindi. 17-marta toʻp uzatma amalga oshirdi. Ularning 14 tasi oʻz manziliga aniq yetib bordi.
1-marta yelkama-yelka duelda ishtirok etdi va unda gʻalaba qozondi. 3-marta toʻpni xavfli hududdan chiqarib yubordi. Uning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,7 ballga baholandi.
“Al-Batayeh” navbatdagi magʻlubiyatini qabul qilib oldi
BAA Pro ligasining 4-turidan oʻrin olgan bahsda “Al-Batayeh” klubi oʻz maydonida liga grandi boʻlgan “Al-Vasl” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 0:1 hisobi bilan mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga BAA terma jamoasi aʼzosi Ali Salex mualliflik qildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Aziz Gʻaniyev oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 60-daqiqada Ivoneyga almashtirildi.
Gʻaniyev maydonda harakat qilgan daqiqalari davomida 24-marta toʻpga tegindi. 15-marta uzatma amalga oshirdi. Ularning 9 tasi oʻz manziliga aniq yetib bordi.
2-marta raqibning potensial xavfli hujumini buzishga erishdi. Shuningdek, yana 2-marta toʻpni xavfli hududdan chiqarib yubordi. “Sofascore” portali Azizning harakatlarini 6,5 ballga baholadi.
“Traktor” markaziy oʻyinda gʻalaba qozondi
Eron chempionati 4-turining markaziy oʻyinida “Traktor” klubi safarda “Sepaxon” ustidan 2:1 hisobi bilan gʻalabaga erishdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Odil Hamrobekov 68-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. 23-marta toʻpga tegindi. 15 ta aniq uzatmani amalga oshirdi. 3-marta raqib hujumini buzishga erishdi.
Mahalliy fors nashrlari uning oʻyinini 7 ballga baholashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring