“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashga barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham berish boʻyicha samarali ishlaydigan tizim yaratish topshirildi.
“Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish, farzandlarimizni himoya qilish qadim-qadimdan erkaklar uchun shaʼn va gʻurur masalasi boʻlib kelgan.
Lekin jamiyatimizda ayollar va bolalarning turli zoʻravonliklarga uchrayotgani buyuk tarix, yuksak maʼnaviyat va maʼrifatga ega boʻlgan, oilani muqaddas deb biladigan xalqimizga aslo yarashmaydi!
Hech qachon unutmaylik, oilaviy zoʻravonlik bu faqat oilaning ichki ishi emas, bu butun jamiyatga tegishli masala. Ayolni oʻz muammosi bilan yolgʻiz tashlab qoʻyishga hech kimning haqqi yoʻq!”, dedi Prezidentimiz.
Prezidentimiz parlament, fuqarolik jamiyati institutlarini ham bu jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yoʻl qoʻyish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish boʻyicha 2026-yilda “favqulodda holat” eʼlon qilamiz”, dedi davlatimiz rahbari.
Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga masʼul oʻrinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, byudjet mablagʻi talon-toroj boʻlishi va mansabni suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish boʻyicha taʼsirchan nazorat oʻrnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir soʻz bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi.
Komplayens xizmatining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda boʻladi”, dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring