La Ligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso La Ligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda musobaqaning rasmiy saytida xabar berildi.
43 yoshli mutaxassis soʻrovnomada “Atletik Bilbao” jamoasi bosh murabbiyi Ernesto Valverde va “Espanyol” klubi ustozi Manolo Gonsalesni ortda qoldirdi.
2025-yilning 1-iyun kuni “qirollik klubi”da ish boshlagan Alonso oʻtgan oyda jamoa bosh murabbiyi sifatida 3 ta rasmiy oʻyin oʻtkazdi. Ushbu oʻyinlarda “Osasuna”, “Real Ovyedo” va “Malyorka” klublari magʻlub etildi.
“Real Madrid” avgust oyida boʻlib oʻtgan 3 ta oʻyinda raqiblar darvozasiga jami 6 ta toʻp kiritdi va oʻz darvozasidan 1 ta toʻp olib chiqdi.
Maʼlumot uchun, ayni vaqtda Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa Ispaniya La Ligasida “Atletik Bilbao” bilan birgalikda yetakchi boʻlib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring