Koronavirusga qarshi vaksina yozda tayyor boʻlishi maʼlum qilindi

15:16 17 Mart 2020 Dunyo
2185 0

Arxiv surat

Olti oy ichida yangi koronavirus vaksinasi paydo boʻlishi mumkin.

Bu haqda Uzoq Sharq federal universitetida boʻlib oʻtgan Ilmiy kengash yigʻilishida professor hamda Uzoq Sharq federal universiteti (Rossiya) biotibbiyot maktabining mikroorganizmlar ekologiyasi laboratoriyasining mudiri Mixail Shelkanov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga qaraganda, COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina shu yilning yoz oylarida tayyor boʻlishi kutilmoqda.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 179 999 kishiga yetgan.

79 638 kishi ushbu kasallikdan tuzalgan.

Infeksiya tufayli 7130 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер