Koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan taʼminlanadi
Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining yigʻilishi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.
Unda 15-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va samarali bajarish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, pandemiya davrida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish uzluksizligini taʼminlash, koronavirusga tekshiruvlarni tezkor va samarali tashkil etish va bemorlarni kerakli dori-darmonlar bilan taʼminlash boʻyicha birinchi galda qilinadigan ishlarga eʼtibor qaratildi.
Komissiya yigʻilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan taʼminlash yuzasidan qaror qabul qilinib, ularga yetkazib beriladigan dori-darmonlar ruyxati tasdiqlandi.
Bundan buyon koronavirus kasalligidan uyida davlanayotgan bemorlarga “Gidroksixloroxin”, “Azitromitsin”, “Paratsetamol”, “Vitamin S” kabi dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan meʼyorda, bepul yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.
Koronavirus infeksiyasi boʻyicha test natijalari musbat natija bergan hamda kasallik yengil kechayotganligi sababli shifokorlar tavsiyasiga asosan uyida davolanayotgan bemorlar mazkur tibbiy vositalar bilan bepul taʼminlanadi.
Yigʻilishda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda tegishli idoralarga zudlik bilan mazkur dori-darmonlarning 50 mingta toʻplamini shakllantirish va uyida davolanayotgan bemorlarga yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring