Koronavirus havoda qancha yashaydi?

14:06 05 Aprel 2020 Jamiyat
1757 0

arxiv foto

Virus havoda, aniqrogʻi, lift yoki koʻp xonadonli uylarning zinalarida qancha vaqt saqlanib qoladi? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov javob berdi.

“Bu savolga aniq javob yoʻq. Biroq agar kimdir liftda aksa ursa va siz shu payt liftga kirsangiz, oʻsha havodan nafas olasiz. Virus zarralari ogʻirligi sabab havoda uzoq qolmaydi — bor-yoʻgʻi bir necha daqiqa. Lekin jihozlarning yuzalarida, ayniqsa metal buyumlarda virus soatlab saqlanishi mumkin, baʼzan 10 soat ham.

Eʼtibor qarating — eshik tutqichi, lift tugmasida virus boʻlishi mumkin. Lift tugmalarini tirsak yoki musht bilan bosish mumkin. Agar barmogʻingizda bossangiz, virus qoʻlingizga oʻtsa, Siz koʻz, burun yoki ogʻizga tegizish bilan virusni yuqtirasiz.

Shuning uchun eshik tutqichini ushlagan, lift tugmasini bosgan boʻlsangiz, uyga kirishingiz bilan qoʻlingizni 20 soniya sovunlab yuvishingiz shart”, deydi Otabekov.

Eslatib oʻtamiz, hozirgacha Oʻzbekistonda 298 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan 25 nafari bu darddan butkul forigʻ boʻlgan. 2 kishi esa vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?