Koronavirus: Yer yuzida qancha aholi karantinda?
Foto: www.google.com
Yer yuzi aholisining taxminan 20 foizi yoki 1,7 mlrd kishi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ijtimoiy izolyatsiya choralari ostida qolgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Gazetaning qayd etishicha, turli mamlakat hukumatlari oʻta muhim paytda karantin choralarini koʻrishga majbur.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 100 mingta holat 67 kunda qayd etilgan boʻlsa, keyingi 100 ming holat (300 ming bemor) toʻrt kunda kuzatildi.
Hozirgacha dunyo boʻyicha ushbu kasallikka chalinish bilan bogʻliq 378 ming 679 ta holat qayd etilgan.
Gazetaning yozishicha, ayni damda epidemiya boshlangan Xitoyning Xubey provinsiyasida cheklovlar olib tashlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring