Koronavirus bilan kasallangan bemorlar uy sharoitida necha kun davolanishi kerak? — dolzarb savollarga aniq javoblar berildi

16:34 06 Oktyabr 2020 Jamiyat
2331 0

AOKAda oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov muhim savollarga javob qaytardi:

Savol: Koronavirus bilan kasallangan bemorlar uy sharoitida necha kun davolanishi kerak, bu boʻyicha biror meʼyoriy hujjat bormi?

Javob:  Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash standartlari qayta koʻrib chiqilib, unda bemorlarning uyda davolanishda boʻlish muddati 10 kundan 7 kungacha qisqartirilgan.

Savol: Onkologik bemorlar uchun koronavirus bilan kasallanish qanchalik xavfli?

Javob:  Onkologik bemorlarda asosan immun tizimi zaif boʻladi. Oʻz oʻrnida immuniteti past boʻlgani uchun kasallik bilan kurashish ogʻir kechadi.

Agar onkologik kasallik bilan kasallangan boʻlsangiz, Siz va birga istiqomat qiluvchi oila aʼzolaringiz koronavirus infeksiyasi yuqishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarga (qoʻl yuvish, niqob taqish va jamoat joylariga borishdan oʻzini tiyish) toʻliq rioya etishingiz kerak boʻladi.

 Shuningdek, Siz hozir ushbu kasallikdan davolanayotgan boʻlsangiz yoki oldinroq davolangan boʻlsangiz, shifokoringiz bilan bu borada maslahatlashib ish tutishingiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?