Koronavirus aniqlangan oʻzbekistonlik bemor ayol oliy toifali shifokor
Foto: www.google.com
Bugun, 15-mart kuni Oʻzbekistonda koronavirus aniqlanishi ortidan Vazirlar Mahkamasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda bemor haqida qoʻshimcha maʼlumot berildi.
Maʼlum boʻlishicha, bemor – oliy toifali shifokor, Toshkentdagi xususiy klinikalardan birining rahbari.
Ayol 11-mart kuni “Parij-Toshkent” reysi orqali uchib kelgan. Aeroportda oʻtkazilgan birlamchi tekshiruvda bemorda kasallikning hech qanday alomati aniqlanmagan.
Keyinchalik, dastlabki simptomlar paydo boʻlgach, bemorning oʻzi 14-mart oqshomida Virusologiya instituti laboratoriyasiga murojaat qilib, qon tahlillari topshirgan. Shundan soʻng zudlik bilan karantinga olingan. Bemorning yoshi oshkor qilinmadi.
Ayni paytda reys yoʻlovchilari, bemorning oila aʼzolari, hamkasblari, u bilan kontaktda boʻlganlar – 150ga yaqin kishi izolyatsiyaga olingan. Ular bilan aloqada boʻlganlarni ham aniqlash ishlari davom etyapti.
11-mart tongida Fransiyadan uchib kelgan samolyotda 45 nafar yoʻlovchi boʻlgan, ularning yarmi – chet el fuqarolari. Xorijliklar tranzit tufayli Oʻzbekistonda boʻlib, soʻng mamlakatni tark etgan.
Oʻzida koronavirus alomatlarini sezgan fuqarolardan shifoxonaga bormaslik, 103 raqamiga qoʻngʻiroq qilgan holda tez tibbiy yordam chaqirish soʻralmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring