Qashqadaryoga Xitoydan qaytgan 164 nafar fuqaroning 78 nafari sogʻlom...
Arxiv surat
“Xalq soʻzi ONLINE”. Ahad Muhammadiyev/Qashqadaryo. Qashqadaryo viloyatiga Xitoy Respublikasidan jami 164 nafar fuqaro qaytdi. Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining xabar berishicha, Xitoydan kelganlarning ahvoli har birining xonadoniga borgan holda oʻrganilib, nazoratga olingan.
Tallimarjon chegara posti hamda Qarshi xalqaro aeroportida masʼul shifokorlardan iborat tibbiy punktlar tashkil etilib, viloyatga kirib kelayotgan fuqarolar maxsus tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, “Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish shtabi” nomli “Telegram” guruhi tashkil etilib, hududlardagi holat toʻliq nazoratga olingan.
Ayni paytgacha tibbiy tekshiruvga olinganlarning 78 nafarida tibbiy tekshiruv yakunlanib, ularning sogʻlom ekanligi aniqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring