Koreya Respublikasida tugʻilish darajasini koʻtarish uchun vazirlik tashkil etilmoqda

16:59 10 May 2024 Dunyo
286 0

Arxiv surat

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda tugʻilish boʻyicha vaziyatni «milliy inqiroz», deya atab ushbu muammo bilan shugʻullanuvchi vazirlikka asos solinishini maʼlum qildi. Bu haqda mamlakatning «Yonhap» axborot agentligi xabar tarqatdi.

«Milliy miqyosdagi favqulodda vaziyat deb atash mumkin boʻlgan muammo — tugʻilishning past darajasiga barham berish uchun biz davlat salohiyatini toʻliq safarbar etamiz,» deydi prezident.

Hukumat 2008-yildan beri mamlakatda tugʻilish darajasini oshirish uchun 200 milliard AQSH dollaridan ortiq mablagʻ sarfladi. Shunga qaramasdan, koreys yoshlarini farzandli boʻlish xohishi juda past darajada qolmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yangi tuzilma Tugʻilishning past darajasi siyosatini rejalashtirish vazirligi deb nomlanadi. Ushbu vazirlik rahbari bir vaqtda bosh vazirning ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari ham hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер