Koreya Respublikasi parlamenti delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi

09:45 16 Dekabr 2025 Siyosat
272 0

15-dekabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri U Von Sik boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

Tashrif doirasida Janubiy Koreya parlamenti delegatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yigʻilishida ishtirok etadi.

Toshkent xalqaro aeroportida mehmonlarni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev kutib oldi.

Shu kunning oʻzida Koreya Respublikasi parlamenti aʼzolari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?