Kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlar haqida xabar bergan shaxslar ragʻbatlantiriladi

15:27 05 Aprel 2023 Iqtisodiyot
1416 0

Foto: Arxiv surat

Qarorga muvofiq, isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qoʻyishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi. Jumladan:

— murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda koʻrib chiqiladi;

— huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar ragʻbatlantiriladi.

2023-yil 1-iyuldan koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.

2023-yil 1-avgustdan alkogol mahsulotlarining tovar belgilari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya talabi hisoblanadi.

2023-yil 1-sentyabrdan tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?