Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga raqamli texnologiyalar joriy etiladi
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–253-son, 18.12.2025-y.) qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra, 2026–2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi.
Unda quyidagilar nazarda tutildi:
- sud ishtirokchilarini Konstitutsiyaviy sud majlisining vaqti va joyi haqida “Sud xabarnomasi” elektron xizmati va YAIDXP (my.gov.uz)ning mobil ilovasi orqali elektron tarzda xabardor qilish;
- sud majlislari videokonferensaloqa rejimida, shu jumladan, mobil ilovadan foydalangan holda oʻtkazilishini taʼminlash;
- sud majlislarini audioyozuv orqali qayd etib borish hamda sud majlisi bayonnomalarini ushbu tizim yordamida shakllantirish.
Shuningdek, 2027-yil 1-avgustdan Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarga ega “E-KSUD” axborot tizimi sinov tariqasida joriy etiladi:
- Konstitutsiyaviy sudga elektron shaklda murojaat qilish va murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonini onlayn kuzatib borish;
- fuqarolar va yuridik shaxslarga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida interaktiv xizmatlar koʻrsatish;
- sud majlislarini jonli efirga uzatish imkoniyatini yaratish;
- nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring