Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi

16:17 24 Iyun 2022 Siyosat
4562 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekiston Respublikasi “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyilmoqda.

Mazkur Qonunning 11-moddasida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolar qonun loyihalari boʻyicha oʻz fikrini erkin bildirish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 25-iyun kuni “Xalq soʻzi” va «Narodnoye slovo» gazetalarida hamda Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida eʼlon qilinadi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflaringizni Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasi, 1341 qisqa raqami, taklif@meningkonstitutsiyam.uz va taklif@2022.uz elektron pochta manzillari orqali hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Toshkent shahri, Bunyodkor shoh koʻchasi, 1-uy manzili boʻyicha yuborishingiz yoki bevosita kelgan holda taqdim etishingiz mumkin.

Mazkur jarayonda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер