Konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish kafolatlari kuchaytiriladi

17:20 19 Dekabr 2025 Hujjatlar
341 0

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–253-son, 18.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.

Farmonga koʻra, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirishning ustuvor maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish, ularning buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash imkoniyatlarini kengaytirish;
  • shaxslarning murojaatlari (shikoyatlari)ni koʻrib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlar va ovoragarchiliklarni bartaraf etish.

Konstitutsiyaviy sudga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish huquqi subyekti boʻlmagan fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan Konstitutsiyaviy sudga taalluqli masala yuzasidan yoʻllangan murojaat Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan subyektga yuboriladi.

Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega subyekt tomonidan shaxsning murojaatidagi masala Konstitutsiyaviy sudga kiritilmaganda muallifga ushbu masalani kiritishga asos mavjud emasligi tushuntirilib xabar beriladi va Konstitutsiyaviy sudga axborot taqdim etiladi.

Konstitutsiyaviy shikoyat instituti boʻyicha:

  • muayyan ish boʻyicha sud tomonidan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilishi sud hujjatini oʻrnatilgan tartibda qayta koʻrishga;
  • muayyan ish boʻyicha qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan Konstitutsiyaviy sudga Oliy sud tomonidan murojaat kiritilishi holatini sudda tegishli ish boʻyicha ish yurituvini toʻxtatishga asos sifatida belgilanadi.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?