Koʻkdalada noqonuniy faoliyat koʻrsatgan “zapravka” javobgarlikka tortildi

Qashqadaryo viloyatida noqonuniy faoliyat yuritgan “zapravka” 150 million soʻmga yaqin jarimaga tortildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.
Inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Koʻkdala tumanida joylashgan “I.G.S.” MCHJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, AGTSHdagi yoqilgʻi tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazish muddatiga amal qilinmasdan isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz sotilgan.
Tekshiruv yakunida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga koʻra, ushbu AGTSHga nisbatan 142.9 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.
Boshqa bir holatda esa Namangan viloyati Davlatobod tumanida fuqaro elektr taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 180 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring