Koʻkdalada imtiyozli narxda yetkazilishi lozim boʻlgan suyultirilgan gazni sotayotgan shaxslar qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tumani boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “A.G.S.” MCHJ rahbari D.K. fuqaro M.X. bilan oʻzaro til biriktirib, unga aholi va ijtimoiy soha muassasalariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi lozim boʻlgan 10 ming 200 kg. suyultirilgan gazni 76,5 million soʻmga sotishga kelishib oladi.
Shundan soʻng, qonunbuzar fuqaro “Kamaz” rusumli gaz tashuvchi yuk avtomashinasiga 10 ming 360 kg. suyultirilgan gazni yuklab bergan vaqtida ushlanib, fuqaro A.F.ning avtomashinasidan 35 million soʻm va 2 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring