Kitobxonlik haftaligi bayramona ruhda oʻtmoqda
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryoda “Oʻzbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V respublika kitobxonlik haftaligi tantanali ravishda boshlandi. Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtgan tadbirda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, kutubxona xodimlari, kitobsevar yoshlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda kitobxonlik va kitob mutolaasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, aholi, ayniqsa, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritildi.

Joriy yil viloyatda “Kitobni qadrlash va mutolaa yili” deb eʼlon qilingan. Rejaga koʻra, yil davomida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda ham kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun “Maʼrifat tur” loyihasini amalga oshirish, shuningdek, davlat xizmatchilari, bolalar va yoshlar oʻrtasida turli loyihalar oʻtkazilishi belgilangan.
Mazkur haftalikni ham yuqori saviyada oʻtkazish uchun aniq maqsadga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.

— Haftalik doirasida “Bir kitob — ming olamga ochilgan eshik” shiori ostida ochiq eshiklar kunlari, Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligiga bagʻishlangan “Mahmudxoʻja Behbudiy chizgilari” deb nomlangan tadbir, “Moviy jomadon tashrifi” loyihasi oʻtkaziladi, — deydi viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Z.Toʻrayev. — Shuningdek, viloyatda yashab, ijod qilayotgan yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar uyushtiriladi. Yoshlarning “Zakovat” intellektual oʻyini, kuch tuzilmalari oʻrtasida “Diktantlar tanlovi”, “Kitobxon onalar kuni”, yangi nashr etilgan kitoblar taqdimotlari va boshqa tadbirlar haftalikning yanada sermazmun oʻtishiga xizmat qiladi. Kutubxonalarga kitoblar tuhfa qilinadi. Haftalik kunlari kitobxonlik va kitob mutolaasini keng targʻib qilish mahalla hamda chekka qishloqlargacha kirib boradi.
Tadbir doirasida maktab oʻquvchilari, yosh ijodkorlar tomonidan mushoira va folklor jamoalarning chiqishlari tadbirga bayramona ruh bagʻishladi. Kitoblar koʻrgazmasi va kitob savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring