Kiyim ishlab chiqarishda qaysi hudud peshqadam?

12:49 05 Yanvar 2026 Iqtisodiyot
300 0

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 37,9 trln soʻmlik kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi boʻyicha Andijon viloyati yetakchilik qilmoqda. Viloyatda shu davr mobaynida 17,2 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Andijon viloyati – 17,2 trln soʻm;
  • Namangan viloyati — 3,7 trln soʻm;
  • Toshkent viloyati — 3,6 trln soʻm;
  • Toshkent shahri — 2,6 trln soʻm;
  • Fargʻona viloyati — 2,2 trln soʻm;
  • Navoiy viloyati — 1,9 trln soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati — 1,6 trln soʻm;
  • Buxoro viloyati — 1,5 trln soʻm;
  • Samarqand viloyati — 1,2 trln soʻm;
  • Surxondaryo viloyati — 562 mlrd soʻm;
  • Jizzax viloyati — 524,1 mlrd soʻm;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 497,4 mlrd soʻm;
  • Sirdaryo viloyati — 390,6 mlrd soʻm;
  • Xorazm viloyati — 387,8 mlrd soʻm.

Qayd etilishicha, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 24,3 foizga oshgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?