Kiyev yaqinida 13 nafar oʻzbekistonlik majburiy mehnatga jalb qilingan

Ukrainaning Kiyev viloyatida 13 nafar Oʻzbekiston fuqarosi ogʻir sharoitlarda majburiy mehnatga jalb qilingan holda saqlangani fosh etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasiga tayanib TSN xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ikki nafar xitoylik, oʻzbekistonlik hamda ukrainalik shaxslar til biriktirib, odam savdosi va majburiy mehnat sxemasini yoʻlga qoʻygan. Ular xorijdan ijtimoiy jihatdan himoyasiz, uysiz yoki ishsiz odamlarni qidirib topib, Ukrainaga olib kelishgan. Keyin esa ularni qiyin sharoitda majburiy mehnatga jalb qilishgan.
— Odamlar mutlaq kamsitilgan. Hatto hojatxonaga borish ham qatʼiy jadval asosida ruxsat etilgan. Eng kichik qoidabuzarlik uchun ham ularga “jarima” solingan, — deyiladi xabarda.
Huquq-tartibot idoralari olib borgan tekshiruvda gumondorlar yashagan uylar va xoʻjalik obyektlari aniqlangan. Shu yerda 13 nafar Oʻzbekiston fuqarosi gumanitar sharoitlardan yiroq holda saqlangani maʼlum boʻldi. Tergov davomida hujjatlar, pul mablagʻlari va transport vositalari ham topilgan.
Hozirda gumondorlar qoʻlga olingan. Ularga ogʻir jinoyat boʻyicha ayblov qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring