Kiberfiribgarlikning yangi koʻrinishidan ogoh boʻling
Soʻnggi vaqtlarda kiberfiribgarlikning yangi turlari ommalashmoqda. IIV matbuot xizmati yana bir shunday firibgarlikdan ogoh boʻlishga chaqirdi.
Maʼlum qilinishicha, firibgarlar tomonidan huquq-tartibot idoralari, xususan ichki ishlar organlari rahbarlarining fotosuratlaridan foydalangan holda, ularning nomidan Telegramda soxta akkaunt ochib fuqarolarga turli murojaatlar yuborishmoqda.
Firibgarlarning Oʻzbekistondagi aloqa kompaniya raqamlaridan chiqqani koʻringani bilan, aslida ular xorijdan qoʻngʻiroq qilayotgan boʻladi. Turli maʼlumotlarni koʻrsatish orqali, bank kartalariga turli hujumlar boʻlayotganini aytib fuqarolarning plastik kartasi raqamlariga ega boʻlishmoqda va karta ichidagi pullarni yechib olishmoqda.
“Ogoh boʻling! Tizimdagi biror bir rahbar sizga Telegram orqali murojaat qilmaydi hamda sizdan oʻz hisobingizdan pulni boshqa hisobga qoʻyishingizni, naqd koʻrinishida kimgadir taqdim etishingizni soʻramaydi”, — deyiladi IIV matbuot xizmati ogohlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring