“KIA” va “BMW”da poyga uyushtirgan haydovchilar javobgarlikka tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “KIA” va “BMW” mashinalarida poyga uyushtirilgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari oʻtkazildi.
Poytaxtning Sergeli tumani Fayzli Toshkent koʻchasida “KIA” va “BMW” avtomashina haydovchilari tomonidan poyga oʻtkazganligi maʼlum boʻldi. Yoʻl-patrul inspektorlari tomonidan ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128 prim 10-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Taʼkidlash joiz, shu kabi poygalarni oʻtkazish amaldagi qonunchilikka koʻra, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima va bir yildan ikki yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish jazosini qoʻllashga asos boʻlishi mumkin.
“«KIA” kuchliroq “BMW”ʼdan deb, shu ishni qilgandik. Bu holat qaytarilmasligini soʻrab qolardim. Afsusdamiz», — deydi huquqbuzarlardan biri.
Avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumani da “BMW” va “Matiz” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring