Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlariga oid muhim Qonun qabul qilindi
Foto: Illustrativ
Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi normalar mavjud boʻladi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining, ushbu subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtgan hududdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi taʼminlanadi.
Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar ham ushbu Qonun bilan mustahkamlanib qoʻyiladi.
Avvalroq, oʻzbekistonlik paralimpiadachilar musobaqanining birinchi kunini 2 ta medal bilan boshlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring