Xorijdagi oʻzbekistonlik migrantlarga qariyb 2 million dollari ish haqi undirib berildi

10:39 26 Yanvar 2026 Jamiyat
145 0

2025-yil davomida Migratsiya agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining foydasiga jami 1,9 million AQSH dollari miqdoridagi ish haqi va kompensatsiya mablagʻlari undirib berildi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, oylik ish haqlari va turli kompensatsiyalar masalasida 3 089 nafar fuqaroning murojaatlari koʻrib chiqilib, ushbu mablagʻlar chet ellik ish beruvchilardan hamyurtlarimiz manfaati uchun qaytarilgan.

Shuningdek, 406 nafar fuqaroning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari ish beruvchilar va vositachilardan olib berilgan. 8 743 nafar murojaatchiga huquqiy va konsultativ maslahatlar koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, xorijiy davlatlarda ishsiz qolgan 9 249 nafar Oʻzbekiston fuqarolarining qayta bandligi taʼminlanib, ularning mehnat faoliyatini davom ettirishiga amaliy koʻmak berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?