Xorazmda turizmning jadal rivojlanishi uchun eng katta toʻsiq nima? Prezident buning sababini aytdi

Xorazmda turizmning jadal rivojlanishi uchun eng katta toʻsiq, bu – transport ekani qayd etildi.
Urganchga Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya va Fransiyadan aviaqatnovlar qoʻyilgani natija berdi. Lekin, reys yoʻqligi uchun Germaniya, Xitoy, arab davlatlaridan minglab turist yoʻqotilyapti.
Mutasaddilarga Frankfurt, Urumchi, Pekin, Abu-Dabidan toʻgʻridan-toʻgʻri reys qoʻyish taklifini kiritish, turistik mavsumda Istanbuldan kunlik qatnovni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Urganch aeroporti Koreyaning Inchxon aeroportiga xususiy sheriklikka berilmoqda. Ushbu aeroport milliy meʼmorchilik anʼanalariga mos holda rekonstruksiya qilinadi.
Masʼullarga ishlar boshlanishini kutib oʻtirmasdan, Koreya aviakompaniyalarini jalb qilish, samolyot va aeroportdagi servis xodimlarini malaka oshirish uchun Koreyaga yuborishni boshlash, yangi oʻquv yilidan Xorazmdagi transport va servis texnikumlarida Koreya tajribasi asosida kadr tayyorlashni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring